Dani Karvaxal ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlarga javob berdi.

Ba'zi "Real Madrid" muxlislari sardorning "Selta"ga qarshi 2:1 hisobidagi o'yinda maydonga tushgan Yago Aspasni olqishlaganidan xafa bo'lishdi.

Karvaxalning o'zi "Instagram"dagi postlaridan biriga izoh qoldirdi.

"Bu imo-ishora hurmatni, ligamiz afsonasiga hurmatni anglatadi.

Qadriyatlar birinchi o'rinda turadi va men sizda bu fazilat yo'qligini ko'rmoqdaman", deb yozdi himoyachi.