Karvaxal «Real»ni tark etadimi? Arbeloa himoyachining shartnomasi borasidagi vaziyatga to'xtaldi

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa himoyachisi Daniel Karvaxalning klubdagi holati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Karvaxal Jahon chempionatiga borishga to'liq tayyor, men undan mamnunman va u milliy terma jamoa uchun ham muhim futbolchi bo'lishi kerak deb hisoblayman. U bilan munosabatlarimiz doimo yaxshi bo'lgan, men unga har doim iliqlik, hurmat va hayrat bilan qaraganman.
Karvaxalning «Real»da qolishini istaymanmi? Siz bu haqda so'raganingizda, men doim bir xil javob beraman: bu klub va Dani o'rtasidagi masala. Karvaxal va «Real» uchun nimaiki yaxshi bo'lsa, bu men uchun ham yaxshidir», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
Daniel Karvaxalning «Real» bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Shu yozda himoyachi erkin agentga aylanishi mumkin.