Karvaxal kelasi mavsumdayoq faoliyatini yakunlashga tayyor

Madridning "Real" klubi va Ispaniya terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal kelasi yozda faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
"Keyingi yil Ispaniya bilan Jahon chempioni va "Real" bilan 7 karra EChL g'olibligini qo'lga kiritsam, faoliyatimni yakunlayman", - dedi 33 yoshli ispaniyalik lateral.
Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.