Karvaxal hamyurtini o'z klubiga chorladi

Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal ispaniyalik jamoadoshini jamoaga chaqirdi.
Gap "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Rodri haqida ketmoqda. "Men unga allaqachon xabar berganman.
Umid qilamanki, u kelajakda biz bilan birga bo'ladi, chunki u ajoyib o'yinchi. Lekin hozir, tushunishimga ko'ra, jarohatdan so'ng Rodri o'z klubi ishonchini oqlamoqchi", - dedi Karvaxal.