Karvaxal hakamni haqorat qilgani uchun uzoq muddatga chetlatilishi mumkin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Daniel Karvaxal Chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi kechgan bahs yakunida o'zini tutib tura olmadi.
Myunxendagi javob uchrashuvining 86-daqiqasida Eduardo Kamavinga maydondan chetlatilgani sababli «qaymoqranglilar» bir kishi kam bo'lib qolishdi. O'sha paytda tabloda madridliklar foydasiga 3:2 hisobi porlab turgan edi (ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:4), biroq ish qo'shimcha bo'limlargacha etib bormadi: «Bavariya» son jihatdan ustunlikdan foydalanib, ikkita gol urdi va yarim finalga yo'l oldi. G'olib masalasi hal bo'lib ulgurgan vaziyatda, g'azab otiga mingan Karvaxal ochiqchasga hakam Slavko Vinchichga e'tiroz bildira boshladi: «Biz sening xatong tufayli musobaqadan chiqib ketyapmiz! Sening la'nati xatong tufayli!», — deya baqirdi o'yin davomida zaxirada qolgan ispaniyalik futbolchi.
Karvaxal diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bundan avval ham 34 yoshli o'yinchi maydon tashqarisidagi tajovuzkor xatti-harakatlari uchun jazolangan edi.