Daniel Karvaxal Chempionlar Ligasida 2 ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi.

"Real" himoyachisi turnirning 1-turidan o'rin olgan "Marsel"ga (2:1) qarshi o'yinda maydondan chetlatilgandi.

Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo'limda Frantsiya jamoasi darvozaboni Xeronimo Rulining yuziga kalla qo'ydi.

UEFA Madrid klubi futbolchisini Chempionlar ligasidagi ikki o'yinga chetlatdi.

Daniel Karvaxal "Qayrat" va "Yuventus"ga qarshi o'ynamaydi. Ayni paytda himoyachi jarohat olgan va har qanday holatda ham o'yinlarda qatnasha olmaydi.