Hozirda Saudiyaning "Ash-Shabab" klubi sharafini himoya qilayotgan Yannik Karrasko "Atletiko" Madridga qaytishni orzu qiladi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.

32 yoshli futbolchi 2015/2023 yillar davomida "matraschilar"ga tegishli bo'lgan. 2023 yilda u Saudiya klubiga 15 million evro evaziga sotilgan.

Hozirda 6 million evroga baholanayotgan belgiyalik vinger "matraschilar" uchun jami 266 ta o'yinda 47 ta gol urib, 45 ta assist bergan.