Italiya futbol federatsiyasining sobiq rahbari “Kalchopoli”ning natijalari haqida gapirdi.

2006 yilda "Yuventus" "Kalchopoli" nomi bilan mashhur bo'lgan korruptsiya mojarosida ishtirok etgani uchun chempionlikdan mahrum qilingan va B seriyaga tushirib yuborilgandi.

Unvon o'sha musobaqada 3-o'rinni egallagan "Inter"ga berilgan. Turin klubi 2004/05 yilgi mavsum oxirida g'alaba qozongan skudettosidan ham mahrum bo'ldi.

"Tekshiruv o'tkazilib, aybdor klublar jazolangani yaxshi bo'ldi. Skudettoni "Yuve"dan olib qo'yish kerak edi, chunki uning rahbarlari xato qilgan, lekin "Inter"ga 2006 yilda ham chempionlik berilmasligi kerak edi.

Futbol federatsiyasi an'analariga ko'ra, ikkala unvon ham egasiz qolishi kerak edi", - dedi Italiya futbol federatsiyasining sobiq prezidenti Franko Karraro.