Karrager: «Xabi Alonso «Liverpul»ni kutishdan charchadi, «Chelsi» esa keskin harakat qildi»

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Xabi Alonsoning «Chelsi» bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida o'z fikrini bildirdi.
«Xabi Alonsoni «Chelsi»dagi ishni qabul qilgani uchun ayblay olmaysiz. Keling, ochiq gaplashaylik — u «Liverpul»dan taklif bo'lishini etarlicha uzoq kutdi. Uning bu klubni qanchalik sevishini hamma biladi. U ularga vaqt berdi, lekin «Liverpul» qaror qabul qilmadi. Ular Arne Slot bilan qolishni ma'qul ko'rishdi.
Xabi — kuchga to'lgan yosh va yuqori darajadagi murabbiy. U abadiy kutib o'tira olmaydi. «Chelsi» esa katta loyiha va jiddiy ambitsiyalar bilan chiqdi. Bu hurmatga loyiq. Men ham uning o'rnida bo'lganimda, ehtimol, shunday yo'l tutgan bo'lardim», — dedi Karrager «Sky Sports»ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso «Chelsi» bilan 2030 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Bu haqda bugun, 17 may kuni rasman e'lon qilindi.