Karrager: "Sog'lom fikrli hech kim Kabo-Verde, Iordaniya, O'zbekiston yoki Tunisning o'yinlarini intiqlik bilan kutmaydi"

Angliyalik mashhur himoyachi Jeymi Karrager 2026 yilgi jahon chempionati qiziqarli o'tishiga shubha bilan qaramoqda.
«Bu Mundialda albatta zerikarli o'yinlar bo'ladi. Sog'lom fikrli hech kim Kabo-Verde, Iordaniya, O'zbekiston yoki Tunisning o'yinlarini intiqlik bilan kutmaydi», - dedi 47 yoshli futbol eksperti.