"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoa rahbariyati va bosh murabbiy Arne Slotga nisbatan keskin gapirgan hujumchi Muhammad Salohni tanqid qildi.

"Salohning qilgan ishi sharmandalik edi. Bularning barchasining rejissyori uning agenti hisoblanadi. Bu klubga maksimal zarar etkazish va pozitsiyani kuchaytirish uchun. U aynan shu dam olish kunini tanladi, u murabbiyga tashlanib, uni ishdan bo'shatishga erishish uchun aynan shu vaqtni tanladi," - deya Karragerning so'zlarini keltiradi Sky Sports.