Karrager Salohning kelajagi haqida fikr bildirdi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda televidenieda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager hujumchi Muhammad Saloh joriy mavsum yakunida Evropani tark etmaydi deb hisoblaydi.
«Uning Saudiya Arabistoniga ketishni xohlashiga ishonmayman. Saloh A Seriyaning top-klublaridan biriga o'tishi mumkin. Menimcha, Muhammad hali ham ishtiyoqqa to'la va Chempionlar ligasida g'olib chiqishni istaydi. Yaqin Sharqqa yo'l olish esa faoliyatini yakunlash bilan barobar», — deya ekspertning so'zlarini keltiradi The Independent nashri.
Avvalroq misrlik hujumchi kelayotgan yozda «Liverpul»dan ketishi ma'lum bo'lgan edi. Saloh 2017 yildan buyon «qizillar» sharafini himoya qilib kelmoqda.