Karrager: «Rays yangi ampluasida «Atletiko»ga qarshi hammadan yaxshi o'ynadi»

«Liverpul» sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Raysning jamoa o'yiniga ko'rsatayotgan ta'siri haqida gapirdi.
«Men Deklan Rays ajoyib o'yin ko'rsatdi deb hisoblayman, u har ikkala uchrashuvda ham eng yaxshi futbolchi bo'ldi.
«Arsenal» so'nggi 9–10 oy ichida erishgan natijalari tufayli Chempionlar Ligasi va Premer-ligada hozirgi darajasiga chiqqan bo'lsa-da, yaqin orada ular biroz muvozanatdan chiqib qolishgan edi. So'nggi haftada jamoa o'ziga keldi va menimcha, Deklan Raysni biroz tayanch zonasiga o'tkazish qarori juda katta ta'sir ko'rsatdi.
U Madridda haqiqatan ham yaxshi o'ynadi, ikkinchi bahsda esa eng yaxshi futbolchi sovrinini qo'lga kiritdi. Shu bilan birga, «Arsenal» «Fulxem»ni mag'lub etdi (3:0) va biz ilk bor ularning chindan ham erkin va xotirjam o'ynayotganini ko'rdik. Bunday o'yinni ko'rmaganimizga bir necha oy bo'lgandi, adashmasam, Shimoliy London derbisida «Tottenxem» 4:1 hisobida mag'lub etilganidan beri bunday holat kuzatilmagandi», — dedi Karrager CBS Sports efirida.
Mikel Arteta shogirdlari 30 may kuni EChL finalida «PSJ»ga qarshi maydonga tushadilar.