Mashhur sobiq ingliz futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" Premer-liganing joriy mavsumini qanday yakunlashi haqida o'z taxminini bildirdi. U "qizil iblislar" kuchli to'rtlikda marraga etib borishiga ishonch bildirdi.

"Menimcha, "Manchester Yunayted" mavsum yakunida kuchli to'rtlikdan joy olishi amalda kafolatlangan. "Manchester Yunayted" u erga kira olmasligi uchun biror bir sabab ko'rmayapman", — dedi Karrager.

Eslatib o'tamiz, qishda "MYu"da bosh murabbiy almashdi. Ruben Amorim o'rniga Maykl Kerrik tayinlandi. Hozirda jamoa APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda.