Karrager: "Manchester Yunayted" to'rtinchi o'rinni egallaydi deb o'ylamayman"

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted"ning Premer-liganing joriy mavsumidagi imkoniyatlarini baholadi.
O'tgan mavsumda Ruben Amorim jamoasi 15-o'rinni egallab, evrokuboklardan quruq qolgandi.
"Ular to'rtinchi o'rinni egallaydi, deb o'ylamayman, ammo evrokuboklarga chiqishlari kerak. O'tgan mavsum muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin planka juda pasaytirilgan. Yozda klub transferlar uchun katta mablag' sarfladi. Ular hozir [jadvalda] turgan joylarida bo'lishlari va evrokuboklarga da'vogarlik qilishlari kerak, ammo Chempionlar Ligasiga chiqish juda qiyin vazifa," - deya Karragerning so'zlarini keltiradi United Stand.