Karrager: "Manchester Siti" chempionlikka da'vogar bo'lishi mumkin, ayniqsa Xoland bunday formada bo'lganida"

"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Manchester Siti"ning APL chempionlik poygasidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
Ayni vaqtda "shaharliklar" turnir jadvalida "Arsenal"dan 4 ochko ortda qolib, 2-o'rinda bormoqda.
"Manchester Siti"da "Arsenal"dagi kabi sifatli zaxira o'rindig'i yo'q, ammo Gvardiola bunday boshlang'ich tarkib bilan chempionlikka da'vogarlik qilishi mumkin, ayniqsa, Erling Xoland bunday formada bo'lsa," - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi The Telegraph.
4 yanvar kuni Angliya chempionatining 20-turi doirasida Xosep Gvardiola jamoasi o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi.