Karrager "Liverpul" Slotni iste'foga chiqarmasligiga ishonmoqda

"Liverpul" sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "qizillar" ustozi Arne Slotning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Liverpul" qizishib ketadigan klub emas. "Liverpul" hech qachon chempion bo'lgan murabbiyni iste'foga chiqarmagan. Bir necha yil o'tgach, ular o'zlari ketishdi", - deya Karragerning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Mutaxassisning fikricha, mersisaydliklarning vaziyati klub rahbariyati murabbiy bilan xayrlashadigan darajaga etib bormagan.
Angliya premer-ligasining 12-turidan keyin "Liverpul" hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.