O'tmishda "Liverpul"da o'ynagan mashhur futbolchi Jeymi Karrager mersisaydliklarning yozgi transfer siyosati haqida gapirdi.

"Ular ko'plab futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishdi va bu murabbiyga muammo tug'dirdi. Futbolchilarga shuncha pul sarflayotganingizda, ularni jamoaga qo'shish, bu ishlashi uchun yo'l topish kerak," - deya Karragerning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Yozgi transferlar vaqtida Arne Slot jamoasi 6 nafar futbolchini xarid qilish uchun 483 mln evro sarfladi. Ulardan eng qimmati shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isak (144 mln evro) bo'ldi, u yangi klubi safida 7ta o'yinda atigi 1ta gol urgan.