Karrager: "Liverpul" inqirozga yuz tutgan"

Jeymi Karragerning fikricha, "Liverpul" inqirozga yuz tutgan.
Shanba kuni mersisaydliklar Premer-liga o'yinida "Brentford"ga 2:3 hisobida yutqazishdi. Arne Slot jamoasi Premer-ligadagi so'nggi to'rtta o'yinda mag'lub bo'ldi.
"Ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'lish falokatdan boshqa narsa emas. Bu "Liverpul" inqirozga yuz tutganini anglatadi.
Kiyinish xonasida futbolchilar, murabbiylar shtabi va menejerdan yuqoridagilar o'rtasida ko'plab jiddiy savollar bo'ladi.
Ular balki qancha pul sarflaganliklarini anglab etarlar...
"Liverpul" o'z futbolchilarining jismoniy holati va o'lchamiga e'tibor qaratishi kerak, chunki menimcha, hozir ularda bunday holat yo'q", dedi sobiq "Liverpul" o'yinchisi.