"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "mersisaydliklar" markaziy himoyachisi Ibrahima Konatening ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Mish-mishlarga ko'ra, frantsuz qishki transfer oynasida "Real Madrid" yoki "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

"U yaxshi himoyachi. Men uning qolishini istardim, lekin agar u qolmasa, "Liverpul" boshqa birov bilan shartnoma imzolaydi.

Konate ketsa, "Liverpul" parchalanib ketmaydi", deya Karragerning so'zlaridan iqtibos keltiradi Daily Mail.