Karrager "Arsenal"ning kuchini yuqori baholadi

Jeymi Karrager "Arsenal" jamoasining sifatini yuqori baholadi.
"Bir necha yil oldin biz "Arsenal" hali ham Mikel Arteta qo'l ostida nimadir yutishi kerak", deb aytgandik.
"Arsenal"ning tarkibiga qarang - bu mavsumda "Real Madrid" yoki "Arsenal" EChL sovriniga juda yaqin bo'lishi kerak.
Mikel Artetaga kelsak, siz xarajatlarni hisobga olishingiz kerak. Bilaman, "Liverpul" bu yozda ko'proq pul sarfladi, bunga shubha yo'q. Ammo "Arsenal" kerakli o'yinchilarini sotib yubormaydi", – dedi Karrager.