Karrager Amorimning taktikasini tanqid qildi

O'tmishda mashhur bo'lgan futbolchi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorimni tanqid qildi. Portugaliyalik murabbiy 3-5-2 taktikasidan voz kechmayapti.
"Manchester Yunayted" yozda sotib olgan futbolchilarni bemalol to'rt himoyachi sxemasiga o'tkazish mumkin. Bruno "o'nlik," Mbeumo o'ng qanotda, Kunya chap qanotda, Sheshko esa oldingi chiziqda. O'ylaymanki, bunday malakali murabbiy bilan "Manchester Yunayted" evrokuboklarga chiqishi yoki hech bo'lmaganda ular uchun kurashishi mumkin," - dedi Karrager Monday Night Football dasturida.
"Manchester Yunayted" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinda bormoqda.