Karrager: "Amorim" "Manchester Yunayted" darajasida emas

"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida keskin fikr bildirdi.
Yakshanba kuni "qizil iblislar" yana g'alaba qozona olmadi - "Lids" bilan 1:1. Mankunianliklar chempionat turnir jadvalida 20-turdan keyin 31 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.
"Amorim "Manchester Yunayted" murabbiyi bo'lish uchun etarlicha yaxshi emas. Bundan tashqari, hozirda u Premer-ligada ishlash uchun etarli salohiyatga ega emas", - deydi Sky Sports eksperti Karrager.
Portugaliyalik murabbiy 2024 yilning noyabridan buyon bu lavozimda ishlamoqda.