Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Jahon chempionati-2026da qaysi jamoaga muxlislik qilishini aytib o'tdi.

«Men Ispaniyada 11 yil o'ynadim va u erda 14 yil yashadim. Javob aniq — men Ispaniya milliy jamoasiga muxlislik qilaman», — dedi Karpin.

Amaldagi jahon chempioni —Argentina milliy jamoasi. 2022 yilda janubiy amerikaliklar finalda Frantsiyani mag'lub etib, bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

Manba: championat.com