Karlton Koul: «Angliya terma jamoasi Andersonni tarkibdan chiqarib, o'rniga Maynuni qo'yishi kerak»

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlton Koul «uch sherlar» ustozi Tomas Tuxelga Jahon chempionatida milliy jamoaning yarim himoya chizig'iga o'zgartirishlar kiritishni maslahat berdi.
«Hech kim Kobbi Maynuni tilga olmayapti, men bunga tushunmayapman. U haqiqiy mahorat sohibi. Nega u [Tuxel] o'z ixtiyoridagi eng yaxshi futbolchilardan foydalanmayotganiga aqlim bovar qilmayapti.
Elliot Andersonni tarkibdan chiqarish kerakmi? Ha. Buni qilishga majburmiz, chunki bizda Andersonning vazifasini bajara oladigan boshqa bir futbolchi bor — bu Rays. Ikkalasini ham tarkibga tiqishtirish shart emas. Hujumlarni rivojlantirishda undan (Maynudan) ko'ra ilg'orroq hech kimimiz yo'q», — deya Koulning so'zlarini talkSPORT nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Kobbi Maynu Jahon chempionatida Angliya terma jamoasining asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi. JCh-2026da xavbek uchta o'yindan faqat bittasida maydonga tushgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar