Karlo Anchelotti: "U biz bilan bo'lishi kerak"

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti terma jamoa markaziy yarim himoyachisi Lukas Paketa haqida fikr bildirdi.
Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Chiliga qarshi o'yinda yarim himoyachi gol urdi. Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.
"Paketa biz bilan bo'lishi kerak. Kecha unga turlicha va turli jamoalarda o'ynashi mumkinligini aytgandim. Bugun u markazdan yuqoriroqda o'ynadi. U yagona tayanch yarim himoyachisi sifatida ham o'ynay olishini bilaman, chunki to'p bilan muomala qilishda uning ko'plab xislatlari bor." - dedi Anchelotti Chili bilan o'yindan keyin.