Karlo Anchelotti: «Luka Modrich — bu alohida holat. 39 yoshida u «Real Madrid»da birorta ham mashg'ulotni o'tkazib yubormadi»

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Milan»da o'ynayotgan Luka Modrichning muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi.
40 yoshli yarim himoyachi, avval Karlo Anchelotti qo'l ostida «Real Madrid»da to'p surgan, debyut mavsumida A Seriyada «rossonerilar» safida 29 ta o'yinda 2 ta gol va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
«Nima uchun Luka Modrich hali ham klubda muhim rol o'ynamoqda? Bu alohida holat. «Real Madrid»dagi so'nggi yilimda, Luka 39 yoshda edi va u birorta ham mashg'ulotni o'tkazib yubormadi. U jismoniy va psixologik jihatdan ajoyib holatda», — dedi Karlo Anchelotti.
Manba: sport24.ru