Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ilk bor milliy jamoa bosh murabbiyi sifatida qatnashadigan jahon chempionati oldidan o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

«Men jahon chempionati oldidan hayajon sezmayapman. Men baxtliman, ruhlanganman, o'zimga ishonaman va xotirjamman. O'ylaymanki, bizda yaxshi jamoaviy tuzilma va samarali ishlayotgan yaxshi muhit bor. Biz xotirjammiz», — dedi mutaxassis. Uning so'zlarini jurnalist va insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda keltirdi.

JCh-2026 kelasi yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Braziliya terma jamoasi C guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Manba: championat.com