"Al-Ittihod" hujumchisi Karim Benzema yozdan beri "Real"ni boshqarayotgan Xabi Alonso haqida gapirdi.

- Siz Xabi Alonso bilan "Real"da birga o'ynagansiz. O'sha vaqtda unda bo'lajak murabbiyni ko'rganmisiz?

- Birga o'ynagan paytlarimiz esimda. Hozir ham shunday, faqat murabbiy rolida. Pressing, vertikal uzatmalar. Menga yoqadigan o'yin. U faqat yarim yil mashg'ulot o'tkazdi va hammasi juda yaxshi ketmoqda. Vaqt kerak," - deya Benzemaning so'zlarini keltiradi AS.

"Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Barselona" esa madridliklardan 3 ochko ortda qolmoqda.