Yakshanba oqshomida Italiya A seriyasida "Yuventus" - "Milan" bahsi bo'lib o'tdi.

O'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Taniqli murabbiy Fabio Kapello natija haqida fikr bildirdi.

"Yuventus - "Milan" shousi biz kutgandek bo'lmadi. Birinchi bo'lim juda zerikarli o'tdi, hech bir jamoa tavakkal qilishga jur'at etmadi.

Ikkinchi bo'limda o'yin yaxshilandi, ammo bunday klublardan ancha yaxshi tomosha kutamiz", - dedi Kapello.