Kapello: "Ronaldu Messi yoki Maradona bilan bir xil darajada bo'la olmaydi"

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirib, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Diego Maradona nomlarini tilga oldi.
"Oltin to'p" nominatsiyasida Lamin Yamalga ovoz bergan bo'lardim. Avval Yamal, keyin Vinisius va Mbappe.
Yamal yuqori darajaga ega bo'lgan va sezilarli darajada rivojlanishi mumkin bo'lgan o'yinchi, lekin u fenomen emas. Messi yoki Maradona hech kimning xayoliga kelmagan ishlarni qilishgan, lekin hozir men uni ular bilan taqqoslay olmayman. Men raqamlar haqida emas, sifat va daholik haqida gapiryapman.
Krishtianu Ronaldu - dahshatli o'yinchi... U nechta gol urdi? Hammadan ko'p, lekin u Messi yoki Maradona bilan bir xil darajada bo'la olmaydi," - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi Defensa Central.