Kapello o'zi uchun eng yaxshi futbolchilarni tilga oldi

Mashhur italiyalik murabbiy Fabio Kapello o'zi ko'rgan eng yaxshi futbolchi haqidagi savolga javob berdi.
Bunga javoban Kapello uchta futbolchini tilga oldi: Pele, Diego Maradona va Lionel Messi.
"Bu uchalasining o'ziga xos jihati bor edi: ular futbol daholari edi, chunki ular hatto siz o'ylamagan ishlarni qilishgan", dedi Kapello.