Italiyaning "Milan" klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq ustozi Fabio Kapello klubga hozir nima etishmayotgani haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, "rossonerilar"ga himoyadagi qo'shimcha mustahkamlik uchun himoyachi kerak.

"Milan"ga himoyachi kerak, himoyada muvozanatni saqlash uchun. Hozircha Mayk Menyan ko'pincha himoyadagi kamchiliklarni tozalashga majbur bo'lmoqda. To'g'ri, kuchli himoyachilar hozir yo Saudiya Arabistoniga, yo Angliyaga ketishmoqda", - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Kecha Italiya chempionatining o'n ettinchi turidan o'rin olgan "Verona"ga qarshi bahsda "Milan" yirik hisobda g'alaba qozondi.