Kapello Messini «Yuventus»ga transfer qila olmaganini yodga oldi

Rossiya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello argentinalik forvard Lionel Messini Turinning «Yuventus» klubiga qanday qilib olib kela olmagani haqida gapirib berdi.
«Leo o'shanda 16 yoshda edi va Gamper Kubogida maydonga tushgandi. Messi o'sha bahsda juda katta ishtiyoq va mahorat namoyish etdi. O'yin paytida Raykardning oldiga borib, uni bizga ijaraga berishini so'radim, biroq u rad javobini berdi», — deya italiyalik mutaxassisning so'zlarini Sky Sports nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatining 1-turida Argentina terma jamoasi Jazoir terma jamoasi bilan to'qnash kelgan edi. «Albiseleste» ushbu uchrashuvda 3:0 hisobida g'alaba qozondi, 38 yoshli Messi esa raqib darvozasiga uchta gol urib, xet-trik qayd etdi.
Manba: Stadion.uz