Kapello: «Leau «Milan» ramziga aylanib qoldi»

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello «Milan»ning qanot hujumchisi Rafael Leauning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Uning markaziy hujumchi pozitsiyasidagi o'yini meni ishontirmayapti. Lekin gap faqat pozitsiyada emas — nazarimda, unda avvalgidek ishtiyoq va energiya qolmagan. U o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalanmay, kuchining yarmi bilan o'ynayotgan «Milan»ning ramziga aylanib qoldi», — deya Kapelloning so'zlarini keltirmoqda La Gazzetta dello Sport.
Portugaliya terma jamoasi vingeri joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Leauning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining 32 turidan so'ng «rossonerilar» 63 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.