Kapello: "Leau katta o'yinlar vaqtida o'zini yo'qotib qo'yadi"

Italiyaning "Milan" klubi va Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Fabio Kapello "Milan"da olti yildan beri to'p tepayotgan, biroq jamoaning to'laqonli etakchisiga aylana olmagan portugaliyalik hujumchi Rafael Leauning asosiy muammosini aytdi.
"Unda ajoyib qobiliyat bor, ammo u o'yinlar davomida o'zini yo'qotib qo'yadi. Doim ham himoyada emas, ayniqsa, mudofaa vaqtida," - deya Rossiya terma jamoasi sobiq ustozining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Rafael Leau 2019 yilda Frantsiyaning "Lill" klubidan Italiyaning "Milan" klubiga o'tgan va u erda bir mavsum o'ynagan edi. Undan oldin u Lissabonning "Sporting" klubi sharafini himoya qilgan.