Italiyaning "Milan" klubi sobiq ustozi Fabio Kapello Evrokuboklarning yo'qligi "Milan"ga qaysidir ma'noda yordam berayotganiga ishonmayapti. U "Roma"ga qarshi o'yinni misol qilib keltirdi, unda Rim klubi futbolchilari evrokuboklarda o'ynaganiga qaramay, "Milan" futbolchilaridan tetikroq va shiddatliroq ko'rindi.

- Men bunga ishonmayman. "Roma" bilan o'yinga qarang, rimliklar payshanba kuni evrokuboklarda o'ynashdi, ammo yakshanba kuni "Milan"dan ko'ra shiddatliroq ko'rindi. Men bu bosimni "Milan"dan ko'rishni kutgandim, aksincha emas," - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Ayni damda "Milan" A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda.