Kapello Jahon chempionati favoritlarini sanadi

Mashhur murabbiy Fabio Kapello jahon chempionatida qaysi terma jamoa g'olib chiqish imkoniyatiga ega degan savolga javob berdi.
Italiyalik mutaxassis bir vaqtning o'zida bir nechta terma jamoalarni sanab o'tdi.
- Yaxshi savol. Menga Ispaniya terma jamoasi juda yoqadi. Frantsiya - har doimgidek favorit, ularda Mbappe bor, ammo boshqa ko'plab kuchli futbolchilar ham bor. Shuningdek, hozir juda yaxshi o'yin ko'rsatayotgan inglizlar. Ko'ramiz, Anchelotti bilan Braziliya terma jamoasi qanday natija ko'rsatarkin," - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi Marca.
Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2026 yil yozida jahon chempionatiga uchta davlat - AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.