Mashhur murabbiy Fabio Kapello Italiya terma jamoasining muvaffaqiyatsizligi haqida gapirdi — jamoa Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatiga chiqa olmadi. Italiyaliklar ketma-ket uchinchi mundialni o'tkazib yuborishadi.

Kapelloning fikricha, Italiya futbol federatsiyasi ushbu mag'lubiyat uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olishi kerak.

«Hech kim iste'foga chiqmayapti — eng tashvishlisi ham shunda. Birinchi bo'lib federatsiya prezidenti va uning rahbariyati mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi lozim», — deya Kapelloning so'zlarini keltirmoqda Marca nashri.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan bahsda 1:1 hisobidagi durangdan so'ng, penaltilar seriyasida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'ldi.