Taniqli murabbiy Fabio Kapello Italiya chempionatidagi futbol saviyasi haqida fikr bildirdi.

"Murabbiy endi maydon chetida ko'p ham ko'rsatma beravermaydi.

U o'yin uchun taktikani tayyorlaydi, lekin futbolchilar darvoza oldida so'nggi qarorni qabul qiladi.

Italiyada o'yin sifati pasayib ketdi. Yuqori toifadagi futbolchilar qolmadi", - deya mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda Corriere dello Sport.