Kapello "Inter"ning kuchli tomonini aytdi

Fabio Kapelloning fikricha, "Inter" bu mavsumda Skudettoni yutish uchun asosiy nomzod.
"Inter" favorit. Ularda ko'proq tajribali o'yinchilar bor va boshqa hech bir raqibda bo'lmagan kuchli zaxira tarkibi mavjud.
Jamoaning o'z darajasini saqlab qolishga imkon beradigan yaxshi rotatsiya muhim natijalarga olib kelishi mumkin.
"Milan" va "Napoli"da zaxira o'yinchilari soni bir xil emas. Boshqa jamoalar Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurashadilar", – dedi Kapello.