Angliya va Rossiya terma jamoalari sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello «Napoli» ustozi Antonio Kontening Italiya terma jamoasiga qaytishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

«Agar Konte Italiya terma jamoasiga qaytsa, hozirgi vaziyat o'n yil avvalgidan ancha farq qilsa-da, u nimalarni to'g'irlash kerakligini allaqachon biladi», — dedi Kapello Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Antonio Konte 2014 yildan 2016 yilgacha Italiya terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida milliy jamoa Evro-2016 saralashidan muvaffaqiyatli o'tib, turnirning chorak finaligacha etib borgan va u erda penaltilar seriyasida Germaniyaga imkoniyatni boy bergan edi. Konte «Napoli»ni 2024 yildan beri boshqarib kelmoqda va o'tgan mavsumda neapolliklarni A Seriya g'olibligiga olib chiqdi.