Fabio Kapello "Real Madrid"ning yulduzlarga to'la kiyinish xonasini boshqarishda ajoyib natijalarga erishgan Karlo Anchelotti haqida gapirdi.

"Karlo - "o'qituvchi. U mening o'yinchim edi, men uni yaxshi bilaman. Unda tabiiy etakchilik bor. U dangasa ko'rinadi, lekin unday emas.

U xotirjam, lekin jamoaga biror narsani etkazish kerak bo'lganda, buni qiladi. U jamoani o'z tomonida qanday ushlab turishni biladi", - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi Marca.