Kapello Allegrining kuchi nimada ekanligini aytdi

Italiyaning "Milan" klubi sobiq ustozi Fabio Kapello klubning yangi ustozi Massimiliano Allegrining professionalligini yuqori baholamoqda.
"U "zamonaviy" va "boshqacha" futbol haqida gapiradiganlardan emas. Allegrining kuchi shundaki, u o'zida bor futbolchilar bilan futbol o'ynaydi. Tegishli futbolchilarsiz o'zgalar futbolidan nusxa ko'chiradiganlar esa muvaffaqiyatsizlikka mahkumdir," - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ayni damda "Milan" A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.