Kapello: "Akinfeev - men birga ishlagan eng kuchli futbolchilardan biri"

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello milliy terma jamoaning sobiq darvozaboni Igor Akinfeevning 39 yoshida ham TsSKAda o'ynashda davom etayotgani haqida gapirdi.
"Akinfeev - afsonaviy darvozabon. Igor men bilan birga ishlagan eng kuchli futbolchilardan biri. U katta professional. O'ylaymanki, u bunday yondashuv bilan 45 yoshgacha professional darajada o'ynay oladi", - deya Kapelloning so'zlarini keltiradi "SE".
Akinfeevning TsSKA bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo'ljallangan.