"Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'Golo Kante Turkiyaning "Fenerbaxche" klubiga o'tmoqda. Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, klublar frantsuz futbolchisining transfer shartlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishdilar.

34 yoshli futbolchining o'zi bu transferga anchadan beri rozi bo'lgan. "Chelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Istanbul klubiga 4 million evroga tushadi. U tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Sariq kanareykalar" bilan 2028 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolaydi.

N'Golo Kante 2023 yil yozida Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi va etti yil davomida "ko'klar" sharafini himoya qilganidan so'ng "Chelsi"ni erkin agent sifatida tark etdi.