Londonning "Vest Xem" klubi rasmiy sayti orqali tayanch yarim himoyachisi Muhammadu Kante bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

"Bolg'achilar" rasmiy bayonotiga ko'ra, 20 yoshli frantsuz klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga qo'l qo'ygan.

Hozirda Transfermarkt portalida 200 ming evroga baholanayotgan Kante 2024 yilda "Parij" klubidan sotib olingandi.