Kante va En-Nesiri almashinuvi amalga oshmaydi

«Fenerbaxche» va «Al-Ittihod» o'rtasida N’Golo Kante va Yussef En-Nesiri almashinuvi amalga oshmadi.
Avvalroq klublar kelishuvga erishgan edi: Kante «Fenerbaxche»ga o'tishi, evaziga «Al-Ittihod» En-Nesiri va 4 million evro olishi kerak edi.
Biroq insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, transfer oynasi yopilishi arafasida hujjatlar bilan bog'liq muammolar sababli bitim bekor qilindi. Ikki klub ham TMS (transferlarni muvofiqlashtirish platformasi) orqali tasdiq ololmadi. FIFA har ikki tomonning apellyatsiyasini rad etdi.