Kante Frantsiya terma jamoasida bir yil ichida ilk bor maydonga tushdi

Payshanba oqshomida Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Ukrainani qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Yarim himoyachi N'Golo Kante "uchranglilar"ning asosiy tarkibiga kiritildi.
So'nggi bor Kante bir yil oldin Frantsiya terma jamoasiga chaqirilgandi. 2024 yil 14 noyabrda N'Golo Isroilga qarshi Millatlar Ligasi o'yinida 90 daqiqa maydonda o'ynadi va sardorlik bog'ichi bilan harakat qildi.
2025 yilda Kante Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmadi. Xavbekning terma jamoaga qaytishini Dide Desham futbolchining hamon yaxshi sport formasida ekani bilan izohladi.
Klublar miqyosida 34 yoshli Kante "Al-Ittihod" sharafini himoya qiladi.