Kante: «Faoliyatimni Frantsiyada yakunlashim mumkin»

«Fenerbaxche»ning frantsuzlik yarim himoyachisi N’Golo Kante o'tgan yozda «Parij» klubiga o'tishi mumkin bo'lganini tan oldi, shuningdek, faoliyatini o'z vatanida yakunlash ehtimoli haqida gapirdi.
«O'tgan yozda «Parij» va yana bir qator boshqa klublar bilan muzokaralar olib bordik. Yakunda transfer amalga oshmadi, lekin biz ko'rsatilgan qiziqishni hurmat qilamiz. Nima uchun faoliyatimni Frantsiyada tugatmasligim kerak? Hamma narsa bo'lishi mumkin», — dedi Kante. Uning so'zlaridan Goal.com iqtibos keltirmoqda.
35 yoshli xavbek qishda «Al-Ittihod»dan erkin agent sifatida «Fenerbaxche» safiga kelib qo'shilgan edi. O'shandan beri u Turkiya klubi safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Qiziqarli jihati shundaki, Frantsiya terma jamoasi N’Golo Kante tarkibda bo'lgan JCh va Evro o'yinlarining asosiy vaqtida biror marta ham mag'lubiyatga uchramagan.